Toshkentda 7 mashina ishtirokida katta YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
26 iyun 2019 8132 1 daqiqa
Kecha, 25 iyun kuni soat taxminan 12:00da Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Howo rusumidagi yuk mashinasining 32 yoshli haydovchisi T.T. “Bunyodkor” ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va 6 ta avtomobil: Matiz (33 yoshli E.R. boshqaruvidagi), Cobalt (26 yoshli A.E.), Lacetti (61 yoshli A.A.), Cpark (35 yoshli J.T.), Matiz (29 yoshli Sh.A.), Matiz (23 yoshli Sh.A.) bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida haydovchilar jarohatlanmagan.
Yo‘l bo‘yida ketayotgan piyoda 21 yoshli S.T. avtomobillarning biridan uchib ketgan butlovchi qism zarbidan jarohat olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqeaning dastlabki sababi: yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. YTHning aniq tafsilotlari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025