Toshkentda 65 yoshli piyoda YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 iyul kuni Toshkentning Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 65 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH taxminan soat 00:30 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida yuz bergan. 1999 yilda tug‘ilgan Xojiakbar L. ishonchnoma asosida Matiz rusumli avtomobilni boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda – 1956 yilda tug‘ilgan Shavkat B.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing