Toshkentda 64 yashar ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari 120 tadan oshdi. Navbatdagi holat Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qayd etildi. 

64 yoshli A.A. (ayol)da joriy yil 17 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi hamda ikki tomonlama pnevmoniya  tashxisi bilan Virusologiya ITI klinikasiga yotqizilgan.

Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi va semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Mutaxassislar tomonidan reanimatsion choralar ko‘rilganiga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing