Toshkentda 62 yoshli chol qizlar yotoqxonasining oldida tomosha ko‘rsatdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum erkak oliygohning yonida joylashgan qizlar yotoqxonasi oldida behayo harakatlar qilgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.

Munosabatga ko‘ra, joriy yilning 24 may kuni taxminan soat 15:00 larda Uchtepa tumanida joylashgan oliygohlardan birining qizlar uchun mo‘ljallangan yotoqxonasi oldida, 1961 yilda tug‘ilgan Z.E. uyatsiz harakatlar qilib, mayda bezorilik sodir etgan. Shundan so‘ng ushbu fuqaro ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan fuqaro Z.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent yotoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing