Toshkentda 60 mln so‘mga “tabletka” sotayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati va shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro R.Ya. boshqaruvidagi HONGQI rusumli avtomobil to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish ishlari amalga oshirilgan. Tekshiruv jarayonida avtomobil salonida fuqaro A.A. ga tegishli bo‘lgan 112 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Shuningdek, departamentning Olmazor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro I.A. ga 133 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4300 AQSH dollari va 9 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida fuqarodan sotilgan telefon uchun kelishuvdan tashqari qo‘shimcha pul talab qilgan shaxsning avtomobilidan giyohvand modda topilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing