Toshkentda 5 ta shirkat mansabdorlari kommunal to‘lovlar pulini “tuya qildi”
3-sahifa
−
24 noyabr 2022
4761Toshkent shahri Uchtepa tumanida kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkatlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “N.n.”, “M.s.”, “B.s.”, “S.k.” va “I.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mansabdor shaxslari tomonidan hududdagi xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun jami 413,9 mln so‘m undirilgan. Ular bu mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi