Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 16 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur  tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa soat 23:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich-412”, Tracker 2, Monza  rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgandi. 12 aprel kuni esa Yunusobod tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005 yilda tug‘ilgan K.Sh Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1975 yilda tug‘ilgan A.R.ni urib yuborgan, piyoda olgan tan jarohatlari  oqibatida voqea joyida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing