Toshkentda 5 ming dollarga hokimlik ajratgan uylardan olib berishni aytgan xodim ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida oilaviy yotoqxonadan xonadon olib bermoqchi bo‘lgan “firibgar” ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.K. tumandagi “Kommunal ta’mirlash-avariyani tiklash xizmati” MCHJ nazoratchisi S.X. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro M. ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan oilaviy yotoqxonadan bitta xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.K. va S.X. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing