Toshkentda 5 kg narkotikni mashinasida olib ketayotgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
19 iyul 5042 1 daqiqa
Toshkent shahrida avtomobilida 5 kilogramm giyohvandlik moddasi olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda kecha, 18 iyul kuni Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa poytaxtning Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Spark rusumli avtomobilni to‘xtatib, uning old qismini ko‘zdan kechirgan. Mashinadan polietilen paketlarga o‘ralgan 5 kilogramm giyohvandlik vositalari topilgan.
Surishtiruv davomida gumonlanuvchining sherigi borligi aniqlangan va uning uyi ham tekshirilgan. Xonadondan olti o‘ramda bir necha turdagi narkotik moddalar topilgan.
Qayl etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda jami 5 kilogramm 370 gramm giyohvandlik moddalari tarqalishining oldi olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” o‘simligi ekilgani aniqlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr