Toshkentda 5 balli magnit bo‘roni bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

Dam olish kunlari Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Mutaxassisga ko‘ra, 29-30 sentyabr kunlari quyoshdagi aktiv chiqnash zonalarida siklik quyosh chaqnashlari ro‘y bergan. Mazkur chaqnashlar 1-2 oktyabr kunlari shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklaridan yuqori mintaqalarida 5 balli magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi prognoz qilinmoqda.

Xususan, poytaxt Toshkentda ham 1-2 oktyabr kunlari 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilyapti.

Qutbiy kengliklarda esa kishilar faol qutb yog‘dusi hodisalariga guvoh bo‘lishi mumkin.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

166

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing