Toshkentda 42 yoshli ayol o‘z erini pichoqlab o‘ldirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 iyul kuni Toshkent shahrida 42 yoshli ayol 56 yoshli o‘z erini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kech soat 21:45 larda fuqaro 1977 yilda tug‘ilgan D.P. Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 dahasida joylashgan yashash xonadonida sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1963 yilda tug‘ilgan R.I. bilan mast holda janjallashib qoladi.

O‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida D.P. oshxona pichog‘i bilan R.I.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan D.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat o'lim Toshkent shahri

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing