Toshkentda 4 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
3-sahifa
−
14 mart 2023 5789 1 daqiqa
Toshkent shahri Olmazor tumanida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsziligi bo‘limi (IIBB YHXB) Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 13 mart kuni soat 18:00 da Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Epica, Cobalt va Matiz rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashgan.
Oqibatda Epica hamda Matiz haydovchilari va yo‘lovchilari tan jarohati olgan.
“Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi