Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
26 yanvar 2023
7614Toshkent shahar Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Spark, Nexia 3, Lacetti hamda Matiz rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH natijasida shikastlangan avtomashinalar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Voqea joyidan xabar bergan guvohlarning aytishicha, “Spark” avtomobili yo‘l o‘rtasidagi bordyurga urilib, yo‘lning qarama qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan va bir necha avtomashinaga urilib, kuchli shikast yetkazgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan quyidagilar aniqlanganini ma’lum qildi:
“2023 yil 26 yanvar kuni soat 12:20 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida;
1990 yilda tug‘ilgan R.N. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 S 545 BB bo‘lgan Spark rusumli avtomashina;
1993 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01 B 250 NB bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashina;
1996 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 B 450 AB bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina;
2002 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01G 095 UB bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan”.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi natijasida qurbonlar yo‘q. Biroq Spark hamda Lacetti rusumli avtomashina haydovchilari tan jarohat olgan.
“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda ham 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hosisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi