Toshkentda 4 nafar egizak tug‘ildi
Jamiyat
−
12 avgust
6059Joriy yilning 7 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 23 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 1622 grammlik bir nafar o‘g‘il, 1330, 1510 va 1370 grammlik uch nafar qiz chaqaloq dunyoga keldi.
Keltirilishicha, go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida 4 egizak – 2 nafar o‘g‘il va 2 qiz dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi