Toshkentda 4 nafar egizak dunyoga keldi

Jamiyat

image

Qashqadaryolik inspektor yordamchisi to‘rt nafar egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni Qarshi shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli IIB JXX HPG “Ravoq” mahallasi profilaktika inspektorining yordamchisi Murod Toshnazarovning ayoli to‘rt nafar egizak chaqaloqlarni dunyoga keltirgan. 

Murod Toshnazarov turmush o‘rtog‘i Maftuna Tosheva bilan 2019 yilning oktyabr oyida oila qurgan, ular bir kunning o‘zida 4 nafar o‘g‘ilning ota-onasiga aylandi. Egizaklar Toshkent shahridagi Respublika perenatal markazida dunyoga kelgan va ularning har to‘rtalasi sog‘lom ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p egizak chaqaloqlar tug‘ilgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston hududida 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 9 810 nafarini egizaklarni tashkil etadi. Bunda eng ko‘p egizak tug‘ilish holati Samarqand viloyatida (1 318 ta) ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qashqadaryo egizak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made