Toshkentda 4 avtomobilni daraxt bosib qoldi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda ko‘p yillik chirigan daraxtlarning avtomobillar ustiga ag‘darilishi bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. Ana shunday hodisalardan biri bugun, 2 avgust kuni soat 14:30 da Toshkentning Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasida qayd etildi. 

Ko‘p yillik daraxt avtomobillar to‘xtash joyida turgan to‘rt mashina – Captiva, ikkita Cobalt va Spark ustiga ag‘darildi. 

Hodisaga guvoh bo‘lgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, bu hududda bugungiga o‘xshash hodisa tez-tez, ayniqsa, kuz oylarida, shamol ko‘tariladigan mavsumda oyiga bir necha marotaba uchrab turadi. Bu yerlarga avtomobilni qoldirish xavfli bo‘lsa-da, shu ko‘chada joylashgan ofislar, biznes markazlar uchun avtoturargoh yo‘qligi bois haydovchilar majburlikdan daraxtlar ostiga mashinalarini qo‘yadilar. Oqibatini esa ko‘rib turibsiz. 

Bu yerdagi daraxtlarning singan shohlari ostida o‘nlab avtomobillar ezildi. Biroq, na Toshkent shahar hokimligi, na Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi masalaga e’tibor qaratdi. 

Bugun qayd etilgan hodisada Captiva`ga u qadar katta ziyon yetmagan. Oq rangdagi Cobalt esa yaxshigina shikastlangan, tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan. Ko‘k rangdagi Spark avtomobilining ham tom qismi ezilgan, ham oynalari chil-chil bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mirobod tumani

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing