Toshkentda aka-uka janjali o‘lim bilan yakun topdi

3-sahifa

image

Toshkentda uka akasini qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, kecha, 24 may kuni soat taxminan 00:30 larda Mirobod tumanida joylashgan “Oybek” metro bekati atrofida 2002 yil 18 iyunda tug‘ilgan Sh.O. o‘zining 1998 yil 13 aprelda tug‘ilgan akasi L.O. bilan janjallashgan. Janjal oqibatida uka akasining ko‘krak qafasi old qismiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirobod tumani pichoqlab o'ldirish aka-uka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing