Toshkentda 38 yoshli erkak o‘zini shiyponga osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Bugun, 30 aprel kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 38 yoshli erkak o‘zini shiyponga osib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Bektemir tumanida yashab kelgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro V.S.B. Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Toshkent-Ohangaron magistral yo‘lining Ohangaron yo‘nalishi chap tomonida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi qarshisidagi yozgi shiyponga o‘zini osib, joniga qasd qilgan. 

Hozirda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda ketma-ket ikki kun Buxoro davlat texnika universitetining 1- va 2-bosqich talabalari o‘zini osgan edi. 2-bosqich talabasi Instagram'dagi sahifasiga 27-28 aprel kunlari 3 marotaba o‘z joniga qasd qilish mazmunidagi lavhalarni joylagani aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yuqori Chirchiq shiypon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing