Toshkentda 30 gramm radioaktiv material sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
23 aprel 2021
10349Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkentda 30 gramm radioaktiv material sotmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘lga oldi. Bu haqda bosh boshqarma Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, rejalashtirilayotgan noqonuniy kelishuv haqida ma’lumot Toshkent shahar IIBB tezkor vakillariga 17 aprel kuni kelib tushgan. Shu kunning o‘zida , jinoyat qidiruv xodimlari alohida vazifalarni bajaruvchi mobil otryadni jalb qilgan holda fuqarolarni qo‘lga olish bo‘yicha tadbir o‘tkazgan. Natijada uch kishi 30 gramm radioaktiv material evaziga 9 ming AQSH dollari olayotganida qo‘lga olingan.
Ushlanganlardan biri – muqaddam sudlangan andijonlik 33 yoshli O.A. bo‘lgan. Uning sheriklari – 30 yoshli A.N. va 27 yoshli A.T. ilgari jinoyat sodir etganliklari ma’lum bo‘lmasa-da, aynan ular xaridor izlab yurgan.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi (“Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov fuqarolar mazkur materiallarni qayerdan olganliklarini aniqlashda davom etmoqda.
LiveBarchasi