Toshkentda 3 ta tez yordam Damas’i yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles shahrida joylashgan tez yordam garaji yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 aprel kuni soat 18:20 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markaziga Toshkent tumani “Farovon” MFY Ulug‘bek ko‘chasidagi  bir-biriga tutash qurilgan 2 ta binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yong‘in o‘chirish ekipajlari yong‘in joyiga soat 18:28 da yetib borib, alanga soat 18:38 da o‘rab olingan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida binolarning jami 145 metr kv maydoni va ushbu hududdagi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan, nosoz holdagi 3 ta Damas rusumli avtoulovlar yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida binolarning jami 700 metr kv maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumanida BYD haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi oqibatida mashina yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Damas tez yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing