Toshkentda 3 ta mashina to‘qnashdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Bugun, 23 may kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar, Yashnobod tumanida uchta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Tumadagi Qorasuv 31-uy qarshisida haydovchi 1975 y.t. B.Y. boshqaruvidagi Lacetti rusumli, haydovchi 1995 y.t. S.A. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli hamda haydovchi 1947 y.t. B.M. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yashnobod tumani IIO va FMB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

369

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing