Toshkentda 3 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 3 mlrd 838 mln so‘mlik  tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Shayxontohur tumanida joylashgan “R.T.” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Xususan, ushbu MCHJga qarashli korxonaning 2 ta bug‘ qozoni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 838 mln 950 so‘m (5 mln 816 ming 592 metr kub)ni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gazdan 29 ming 82 ta xonadon bir oy davomida foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, iste’molchining bugungi kun holatida elektr energiyasidan 3 mlrd 59 mln 281 ming so‘m qarzdorligi mavjudligi sababli elektr tarmog‘idan uzilgan. Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va viloyatida 4 ta iste’molchi 500 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan edi.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Energetika vazirligi tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing