Toshkentda 3 mashina ishtirokida YTH bo‘ldi. Piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
21 yanvar
2824Toshkent shahrida bugun, 21 yanvar kuni 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-trasport hodisasi sodir bo‘ldi va oqibatda bir piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 09:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida haydovchi 1965 yilda tug‘ilgan O.S. GAZ-32221 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 1993 yilda tug‘ilgan D.T.ni urib yuborgan. So‘ngra u rul boshqaruvini yo‘qotib, haydovchi 1990 yilda tug‘ilgan Z.Z. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinasiga to‘qnashgan. To‘qnashuv zarbidan so‘ng BYD avtomashinasi 1954 yilda tug‘ilgan haydovchi R.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Damas urib yuborgan ikki yo‘lovchi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi