Toshkentda 25 yoshli yigit tanishini 39 marta pichoq urib, o‘ldirdi

3-sahifa

image

Tanishini 39 marta pichoqlab, o‘ldirgan yigit uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanali lavhasida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 25 yoshli sudlanuvchi sherigi bilan (1971 yilda tug‘ilgan) qurilishda ishlab, 100 ming so‘m ishlab topishgan. Shundan so‘ng ular pulga spirtli ichimlik ichishgan. Ikki tanish uyga qaytishda o‘zaro mojaroga borgan va bu holat pichoqlashishgacha borgan.

Natijada yigit sherigiga 39 marta pichoq urgan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi, 168 modda (firibagarlik) 1-qismi bilan aybli deb topgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) qo‘llanilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

537

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing