Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini ko‘chada sudrab, kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 aprel kuni taxminan soat 11:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi 2006 yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgani sababli unga kuch ishlatgan. Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida erkak tushida ayolining o‘ziga nisbatan xiyonat qilganini ko‘rib, uxlab yotgan xotinini o‘ldirgandi. Uch bolaning otasi bo‘lgan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Mirzo Ulug'bek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing