Toshkentda 21 yashar yigit ayanchli YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 oktyabr kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 21 yoshli yigit qurbon bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 21:00 larda Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.O. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada, Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 21 yoshli O.O. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing