Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla'si xatlandi
3-sahifa
−
06 iyun
7402Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini xatladi. Bu haqda MIB matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdor F.Sh.dan 186 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 116 mln so‘mdan ortiq miqdordagi ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga 2023 yilning iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar jami 186 ta ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan.
Qarzdorliklar bartaraf qilinmagach, Byuro tomonidan 18 may kuni qarzdorga tegishli Tesla Model 3 rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan Tesla qarzdorning xonadonidan topilib, qarzdor fuqaroga avtotransport vositasini xatlab, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilishi bildirilgan.
Shunda qarzdor avval faol qarshilik ko‘rsatib, davlat ijrochisining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan bo‘lsa, keyinchalik mas’ul xodimlar tomonidan holatning huquqiy oqibati tushuntirilganidan so‘ng qarzdor tomonidan Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan.
Hozirgi kunda, avtotransport vositasini realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.