Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 fevral kuni soat taxminan 00:47 larda 20 yoshli Yoqub ismli shaxs Olmazor tumani “Qo‘shtut” mahallasida joylashgan do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing