Toshkentda 20 yashar piyoda YTH qurboni bo‘ldi
3-sahifa
−
24 aprel 2022
10617Toshkentda Nexia-3 rusumli avtomobil yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Oqibatda piyoda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 22 aprel kuni taxminan soat 00:50 da Yunusobod tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan D.R. Nexia-3 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganda yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyoda – 2002 yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.
Piyoda esa olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi