Toshkentda 2 kishi itlarning ustiga mashinasini haydadi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 2 nafar fuqaro avtomashinasini kuchuklarning ustiga haydayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 aprel kuni taxminan soat 23.00 larda Uchtepa tumanidagi bozorlarning birida qorovul bo‘lib ishlovchi 1997 yilda tug‘ilgan T.M. va 1996 yilda tug‘ilgan M.D. lar o‘zlarining avtomashinalarini kuchuklarning ustiga haydagan.
    
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida doimiy ravishda it so‘yib kelgan 2 nafar erkak ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent itlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing