Toshkentda 2 avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 

3-sahifa

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida ikkita yo‘lovchi tashish avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartrans” AJ munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soat 06:45 atrofida “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi Yutong 117-sonli yo‘nalish haydovchisi A.Y. boshqaruvidagi avtobus Yangi hayot tumani Xonabod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasiga yetmasdan Quruvchilar ko‘chasi ulgurji bozor bekatiga burilayotgan vaqtda  “1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi Yutong 55-sonli yo‘nalish haydovchisi Sh.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Hozirda sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Harakat xavfsizligini nazorat qilish bo‘limi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made