Toshkentda 19 yil avval ayolni o‘ldirib ketgan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
01 aprel 2022
12581Avvalroq, Toshkentda bundan 19 yil avval, 2003 yilda bir ayolni o‘ldirib ketgan erkak ushlangani va jinoyat fosh etilgani haqida xabar bergan edik.
Aybdor o‘zi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni yashirish maqsadida xonadonda mavjud gaz plitasining barcha jo‘mraklarini ochiq qoldirib, hodisa joyidan yashiringan. Hodisa joyidan olingan qo‘l-barmoq izlari 1968 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs tomonidan qoldirilgani aniqlangan.
“Qo‘limga nima ilindi, bilmayman, kayfim bor edi. O‘zimni asabim buzilganidanmi-yo‘qmi bilmayman, boshiga urdim. Nechi marta urganim esimda yo‘q”, deya voqeani gapirib bergan erkak.
Ma’lum bo‘lishicha, u 1947 yilda tug‘ilgan rus millatiga mansub ayol bilan tanishib, pul mablag‘lari evaziga uning uyida fohisha ayollar bilan uchrashib, yurgan.
Mazkur qotillik ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi erkakka nisbatan hukm e’lon qilindi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “d”, “j” bandlari bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.