Toshkentda 19 yoshli qiz va’dasini bajarmagan yigitining Lacetti`sini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida qiz u bilan turmush qurishni va’da qilib, so‘zining ustidan chiqmagan yigitning avtomobilini yoqib yubordi.

Soat 04:10 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 11-kvartalda 19 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Sitora G. tomonidan 23 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan Lacetti Gentra rusumli (davlat raqami 01 A 149 LB) avtomobil yoqib yuborilgan.

Toshkent IIBBning ma’lum qilishicha, tergov oldi tekshiruvlari davomida vaqtinchalik Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgani aniqlangan.

Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

1196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing