Toshkentda 185 ming dollarlik Nissan GT-R ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat

image

Kecha, 6 avgust kuni Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Unda uch avtomobil to‘qnashganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri mamlakatda bor-yo‘g‘i ikkita bo‘lgan Nissan GT-R avtomobili. 

YTH Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shox ko‘chasida joylashgan ko‘priklar ostida sodir bo‘lgan. Videoda YTH Spark, Matiz va Nissan GT-R35 avtomobili ishtirokida sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. 

YTHda jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilganicha yo‘q. Biroq, videodan haydovchilardan birining yerda yotgani ko‘riladi. YTHda uchala avtomobil ham jiddiy zarar ko‘rgan.  

O‘zbekistonda so‘nggi rusumdagi Nissan GT-R avtomobilidan 2 dona bor degan norasmiy ma’lumotlar mavjud. Ushbu avtomobilni 33 yashar Sh.J. boshqargan. YTH uning tezlikni oshirib, avtomobil ruli boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida kelib chiqqan.

YTHda uch kishi jarohatlangani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, kecha, 6 avgust kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga YTHda jarohatlangan uch nafar bemor olib kelingan. Matiz haydovchisining ahvoli og‘ir bo‘lgan va zudlik bilan operatsiya stoliga olingan. 

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, jarohatlanganlarning ikki nafar huquq-tartibot organlari xodimlari bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Nissan GT-R

Baholaganlar

197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing