Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yig‘iladi
Jamiyat
−
23 mart
4005Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley si bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu anjuman 2025 yilning 5-9 aprel kunlari “Tashkent City” hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladi.
“Unda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, yig‘ilishning asosiy mavzusi “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” bo‘lib, unda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Xabarga ko‘ra, assambleya so‘nggida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-5 aprel kunlari “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.