Toshkentda 18 yoshli qiz voyaga yetmagan qizni do‘pposladi
3-sahifa
−
08 avgust 2023
12725Ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz boshqa qizni kaltaklagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 24 iyul kuni Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan. Unda 18 yoshli K.E. internet tarmog‘i orqali 17 yoshli Ch.A. bilan o‘zaro gap talashib qolgan. Shundan so‘ng Ch.A.ni Chilonzor tumaniga o‘zaro munosabatlarini hal qilish uchun chaqirgan.
Suhbat davomida K.E. jamoat joyida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan voyaga yetmagan Ch.A.ni urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan. Biroq bu holat haqida Ch.A. va uning yaqinlari IIOga murojaat qilmagan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan K.E.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryodagi maktabda bir guruh ayollar o‘quvchi qizlarni kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi