Toshkentda 174 marta yo‘l qoidasini buzgan haydovchining mashinasi olib qo‘yildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidasini 174 marta buzgan haydovchining mashinasi jarima puli to‘lanmasa, auksionga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda haydovchi 1 yil davomida 174 marta yo‘l qoidasini buzib, ma’muriy jarimalarni to‘lashdan qochib yurgan. Ushbu muddat ichida esa jami qarzdorlik miqdori 58 million 953 ming so‘mga yetgan. Shu sababli, MIB Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan uning avtomobili xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Bildirilishicha, qonunchilik doirasida qarzdorga jarimalarini to‘lashi uchun muhlat berilgan. Ammo agar haydovchi ushbu muddat ichida qarzini to‘lamasa, uning avtomobili auksion savdosiga chiqariladi va sotib yuboriladi. Tushgan mablag‘lar qarzini qoplash uchun ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda huquq-tartibot idoralari xodimlariga jarima to‘lamaslik maqsadida o‘zganing avtomobil raqamidan foydalangan va 292 ta qoidabuzarlik sodir etgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi jarima mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing