Toshkentda 170-180 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchilar jazolandi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahri IIBB YHXB mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi. Qayd etilishicha, Toshkent shahri Sergeli tumani Fayzli ko‘chasi bo‘ylab 170−180 km/soat tezlikda harakatlanib, bu holat aks etgan videoni internetga joylashtirgan ikki haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

"1998 yilda tug‘ilgan Tahoe (01X080KB) haydovchisi  va 1989 yilda tug‘ilgan BYD Song Plus (01U081DC) haydovchisi o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygani sababli, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128³ - moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi", deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, ushbu moddaga muvofiq, belgilangan tezlikni (60 km/soat) 40 km/soat dan ortiq oshirib haydash bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

tezlik jazo haydovchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing