Toshkentda 17 yoshli sartarosh tanishini qaychi bilan o‘ldirib qo‘ydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 17 yoshli sartarosh yigit 26 yoshli tanishining ko‘kragiga qaychi bilan zarba berib, uni o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa 5 iyun kuni soat 00:00 larda yuz bergan. 1994 yilda tug‘ilgan I.A. va 1989 yilda tug‘ilgan A.B. Asalobod-2 dahasi, 1-uy oldidan o‘tirgan vaqtda oldidan o‘tib ketayotgan tanishlari 1985 yilda tug‘ilgan Z.N. va 2003 yilda tug‘ilgan I.Y.ni haqorat qilgan. 

Natijada I.A. I.Y. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. I.Y. yonida bo‘lgan sartarosh qaychisi bilan uning ko‘krak qafasi old yuzasi to‘sh sohasiga bir marta urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan I.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.Y. qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotillik sartarosh

Baholaganlar

860

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing