Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahrida noma’lum shaxs voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, kecha, 19 aprel kuni 2005 yilda tug‘ilgan Z.B. uyiga qaytayotganda 1997 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi O.O. orqasidan kelib, quchoqlab, yuzidan o‘pib, qo‘yib yuborgan. Shundan so‘ng, u voqea joyidan qochib ketgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro O.O. ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tegajog'lik 17 yoshli qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing