Toshkentda 17 yashar qiz qariyb 10 000 dollarlik tillalarni o‘g‘riladi
Jamiyat
−
17 iyun 2019
4329Toshkentda 17 yashar qiz katta miqdordagi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 11 aprel kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 17 yoshli V.F. ismli qiz 13-dahada yashovchi 38 yoshli Ye.Ye. ismli ayolga tegishli xonadonga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 9 200 AQSH dollari bo‘lgan 2 turdagi zargarlik buyumlari va Samsung rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida V.F. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi