Toshkentda 17 yashar o‘quvchi otasini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkentda 17 yoshli o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

22 yanvar kuni soat 1:00 da Yakkasaroy tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida oilaviy mojaro yuz bergani haqida xabar tushgan.

IIBB xodimlari tezlik bilan hodisa joyiga yetib borgan. Borganda muqaddam sudlangan 47 yoshli fuqaro A.I. pichoq bilan jarohatlanganini aniqlagan. Erkak shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar harakatiga qaramay vafot etgan.

Keyinroq hodisa erkakning maktabda o‘quvchi 17 yoshli o‘g‘li bilan o‘zaro janjali natijasida yuz bergani ma’lum bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing