Toshkentda 152 nafar yangi bemor, 2 ta o‘lim qayd etildi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020
5940Bugun, 8 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 174 narfarga ortib, 44 281 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 152 nafari Toshkent shahrida;
• 14 nafari Andijon viloyatida;
• 6 nafari Toshkent viloyatida;
• 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 131 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, mamlakatda 41 825 (+231) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2 098 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi