Toshkentda 1500 dollar evaziga sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 1500 AQSH dollari evaziga ingliz tili sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Qayd etilishicha, departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘.N. fuqaro D.B.ga 1 500 AQSH dollari evaziga “TOEFL” sertifikatini hech qanday imtihonlarsiz olib berishini aytib, pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Surishtiruvlar jarayonida ushbu shaxs sertifikat olib berishda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlarining ko‘magidan foydalanishini aytgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti o‘qishni ko‘chirib berish evaziga 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgani haqida xabar bergandik.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ingliz tili sertifikati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar