Toshkentda 150 mln so‘mlik dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
07 mart 2021
4000Toshkent shahrida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.B. dori vositalarini qimmat narxlarda dorixona va uning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritib daromad orttirish maqsadida, Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan jami 15 ming dona “Mesopril Kit” va “Avort-Kit” nomli dori vositalarini har bir donasini 10 ming so‘mdan hisoblab, xaridorga 150 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 5 ming donasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.B. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi