Toshkentda 15 yoshli qiz zaharlanishdan vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Mirobod tumanida 15 yoshli qiz zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni Mirobod tumani, Katta Mirobod ko‘chasida yashagan 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.A. vafot etgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, o‘smirning o‘limiga “noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish” sabab bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Namangan viloyatida 71 nafar bolada zaharlanish alomatlari kuzatilib, shifoxonaga olib kelingandi. 22 sentyabrda esa Andijon viloyatida ham 12 nafar bolada zaharlanish аниқланgaнди. 23 sentyabr kuni Toshkent shahrida ham ko‘plab bolalar zaharlanib, shifoxonaga olib kelingandi. 

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida bolalarning zaharlanishi holatidan xabar topib, bundan qattiq tashvishdaligini bildirgandi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovaning ko‘rsatmasi bilan esa maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent prokuratura zaharlanish Mirobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made