Toshkentda 14 yashar o‘quvchi tengdoshini urib, jarohat yetkazdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki maktab o‘quvchilari ortasidagi janjal aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh bergan. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 15 aprel kuni taxminan soat 15:00 da Mirobod tumanida 14 yoshli I.B. tengdoshi D.N. (jabrlanuvchi)ga qo‘ng‘iroq qilgan. Muloqot chog‘ida esa ular o‘zaro janjallashib qolgan. 

I.B. mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida D.N. bilan “Yuksalish” mahallasi hududida uchrashgan. Shundan so‘ng, ikki o‘smir yana janjallashib ketgan. 

Buning oqibatida D.N.ga tan jarohati yetgan. 

Holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va ota-onalar MJtKning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing