Toshkentda 13 yoshli o‘quvchi maktabda vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 10 aprel kuni soat 17:30 da Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli maktabda Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan 8-sinf o‘quvchisi M.S. vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘limiga ro‘za tutib, turnik tortilishi oqibatida tobi qochgani va vafot etgani aytildi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati va tezkor navbatchilik guruhi yetib borgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 11 apreldagi 160-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S.ning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan. 

Aytilishicha, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mirobod tumani 110-maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing