Toshkentda 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi

Jamiyat

−

image

Toshkent shahrida 100 ta jamoat hojatxonasi quriladi va ularni topografik joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 140,4 mln so‘m ajratiladi. Bu haqda bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov imzolagan “Mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarorda keltirilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrining markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar, poytaxt aholisi va mehmonlari tashrif buyuradigan ob’ektlar atrofida zamonaviy loyihalar asosida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini (hojatxona) joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Ular uchun topografik ishlari bilan bog‘liq xarajatlarga Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 140,4 mln so‘m mablag‘ni “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy- tekshirish instituti” MCHJga ajratilishi bo‘yicha “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ kuzatuv kengashiga taklif kiritishi kerak.

Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrini 2026-2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2026 yil 27 iyuldagi PQ–279-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z raisligida o‘tkazilgan Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqib, shu yilning o‘zida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yilgandi. Shuningdek, chiqindi qutilarini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘rilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing