Toshkentda 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi
3-sahifa
−
26 iyul
9442Kecha, 25 iyul kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi uylarning birida 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanning Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida xonadon egasining 2023 yilda tug‘ilgan farzandi “ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli” hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqilib, hayotini saqlab qolingan.
“FVV ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz qoldirmasliklarini eslatdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketgandi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqqan.
LiveBarchasi